MAHALLA LIGASI
2026-06-10 16:25:00 / Yangiliklar
“Mahalla ligasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha hudud bosqichi o‘tkazildi

Shahrixon tumani 3-son texnikumida 30 yoshdan yuqori erkaklar va ayollar ishtirokida “Mahalla ligasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha hudud (sektor) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda keng jamoatchilikni jismoniy faollikka jalb etishdan iborat bo‘ldi.Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi.
O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi
Shahrixon tuman bo‘limi ✍️





