Shahrixonda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
2026-06-09 09:15:00 / Yangiliklar

Shahrixonda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
Bugungi kunda Shahrixon tumanida hududlarni obod qilish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tumanidagi Ortish mahalla fuqarolar yig‘inida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Mazkur mahallada yo‘llarni ta’mirlash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Shuningdek, mahalla ahlining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida jamoat joylari obodonlashtirilib, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda.
Obodonlashtirish tadbirlariga mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari faol jalb etilayotgani ishlar samaradorligini oshirmoqda. Bunday sa’y-harakatlar mahalla qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bilan birga, aholining farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
Ortish mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hududni kompleks rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, bu kabi ezgu ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.









