KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
2026-06-08 11:15:00 / Yangiliklar
Shahrixonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda

Shahrixon tumani “Teraktagi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarda tuman obodonlashtirish boshqarmasi yo‘lsozlari tomonidan (chuqur - chanoqlarni) ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar aholi hamda transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
Hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunday amaliy tadbirlar kuz-qish mavsumini munosib kutib olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
---------------
Obodonlashtirish boshqarmasi.






