Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-06-02 15:20:00 / Yangiliklar

Bugun Shahrixon tumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Razzaqov,tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Sotvoldiyev hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Numonov va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Prezidentimizning 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli va 2026-yil 26-maydagi PF-100 farmonlari hamda 2026-yil 26-maydagi PQ-204-sonli qarori mazmun-mohiyati, xususan “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“,“Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” batafsil ma’lumotlar berildi.






