SHAHRIXONDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TANTANALARI
2026-05-25 18:10:00 / Yangiliklar
Shahrixon tumanidagi 44-IDUMda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar, bitiruvchi sinf o‘quvchilarini samimiy tabriklab, ularga kelgusi hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Yakunlanayotgan o‘quv yili mobaynida faolligi va namunasi bilan ajralib turgan ustozlar hamda o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, farzand tarbiyasida maktab jamoasi bilan hamkorlikda ish olib borgan ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.





