DXX KUBOGI - 2026
2026-05-22 18:50:00 / Yangiliklar

Shahrixon tumani Markaziy o‘yingohida “DXX kubogi” futbol musobaqalarining yakuniy taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandilar. Tadbir yoshlar uchun haqiqiy sport bayramiga aylandi.
Bayram tadbirida taniqli sanʼatkorlar Mirjalol Neʼmatov va Jaloliddin Ahmadaliyev ishtirok etib, o‘zlarining dillarga yaqin kuy-qo‘shiqlari bilan tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sportni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida bo‘lib o‘tgan mushakbozlik shousi esa bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.








