Topshiriqlar ijrosi nazoratda
2026-05-20 16:30:00 / Ochiq ma`lumotlar
Shahrixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni, 2021-yil
31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi
PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Shahrixon tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2026-yilning aprel oyida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 ta (8 ta Farmon, 13 ta qaror, 3 ta majlis bayoni) hujjatlarida 225 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli tashkilotlarga hamda tuman hokimining o’rinbosarlariga ijro uchun yuborilgan.
Shu jumladan, joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 100 ta, Administratsiya rahbari hujjatlarida 2 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 67 ta, viloyat tashkilot, korxona va boshqarmalaridan 61 ta, tuman tashkilotlaridan 32 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash choralari ko‘rildi.
Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, tashkilotlarga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2026-yilning o`tgan
4 oyi davomida 2 ta tashkilot va 2 ta hokim o’rinbosarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tuman hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
Ma’lumot tayyorladi:
S.Soyibjonov – Shahrixon tumani hokimligi
Ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi
