MUROJAAT
2026-05-19 16:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz Shahrixonliklar va tumanimiz mehmonlari!
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Buni natijasi sifatida barcha davlat va nodavlat idoralari hamda aholimiz bilan birgalikda har qaysi sohada qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda, bu ishlarimiz kundalik hayotda xam ko‘rinmoqda. Jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf qilish bo‘yicha tumanning xar bir ko‘chasida, bozorida, jamoat joylarida xavfsiz muhit yaratish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, tumanimizda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda mahalla, maktab, bozor va savdo komplekslari, aholi gavjum joylar, ko‘ngilochar maskanlar, ko‘p qavatli uylarga zamonaviy texnika vositalarini o‘rnatish ishlari ham jadal suratda olib borilmoqda.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etilib, aholi gavjum joylar, bozor va savdo majmualariga, taʼlim muassasalariga va maktablarning ochiq sport maydonlariga 200 ta yuzni tanib oluvchi,
240 ta PTZ va 1 120 ta boshqa turdagi kameralari o‘rnatildi.
Shuningdek, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil yutuqli o‘yinlar, oldindan to‘lov talab qiluvchi internet do‘konlar, bola puli, xayriya, nafaqa pul mablag‘lari tarqatilayotganligi haqidagi “Feyk” habarlardan ehtiyot bo‘lishingizni hamda bank kartalardan hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashingizni, bu borada olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlariga beeʼtibor bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman.
Shu bilan birga, fuqarolar firibgarlarga tez aldanib qolish holatlari uchrayotganligi sababli, Sizlardan firibgarlik qurboni bo‘lmasligingiz uchun, avvalambor pul, avtomashina, uy-joy olib-berdisi, mulk o‘tkazish, ishga va o‘qishga kiritish, kredit olish va boshqa masalalarni hal etishda amaldagi qonun talablariga rioya qilishingizni, plastik karta ulangan telefon raqamingizga kelgan “sms” kodlarni boshqa shaxslarga bermaslik va har xil fayllarni ochib ko‘rmasligingizni so‘rab qolamiz.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va uning kelib chiqish asl sabablari aniqlashda albatta keng jamoatchilik, mahalla “yettiligi” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bir bo‘lib ishlashimiz kerak.
Bu orqali jamiyatimiz va mahallalarimizni jinoyatdan holi hududga aylantirib, Yurtboshimiz tomonidan bizga berilgan ishonchni shaxsiy masʼuliyatimizni namoyon yetgan holda bajarishimiz zarur.
Shahrixon tuman prokuraturasi ✍️
