SHAHRIXON VA BALIQCHI TUMANLARIGA YANGI KUCH TRANSFORMATORLARI KELTIRILDI
2026-05-02 13:35:00 / Yangiliklar

Taqsimlovchi elektr tarmoqlariga energiyani barqaror va uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan Baliqchi va Shahrixon tumanlarida joylashgan, me’yoridan ortiq yuklama bilan ishlayotgan 110 kV kuchlanishli «Chinaobod» hamda «Shahrixon» podstansiyalarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida amaldagi quvvati 16 MVA bo‘lgan kuch transformatorlari o‘rniga zamonaviy, quvvati 40 MVA bo‘lgan kuch transformatorlari olib kelindi. Hozirgi kunda yangi transformatorlarni o‘rnatish, montaj qilish va ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati




