Bahorga tayyorgarlik
2026-02-17 11:45:00 / Yangiliklar
Shahrixonda yo‘llarni taʼmirlash va chuqurliklarni tekislash ishlari davom etmoqda

Qish mavsumda qor va yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida yo‘llarda paydo bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida, Shahrixon tumani hududidagi avtomobil yo‘llarida tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan kartasimon taʼmirlash va chuqurliklarni tekislash, yo‘llar atrofini tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
-------------
Shahrixon tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ✍️








