Sayxunobod tumani hokimining o‘rinbosari aholi va soha xodimlariga MUROJAATI
2025-09-30 17:55:00 / Yangiliklar

Hurmatli Sayxunobod tumani aholisi va qurilish sohasi vakillari!
Bugungi kunda mamlakatimizda qurilish sohasi eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning samaradorligi va sifatli bajarilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqimizning farovon hayoti va hududlarimiz obodonligiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois ushbu sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Avvalo, qurilish jarayonlarida korrupsiya holatlarining oldini olish uchun:
Qurilish loyihalari bo‘yicha tender savdolari ochiq va shaffof o‘tkaziladi;
Ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, har qanday g‘irromlik va kelishuvlarga qat’iy barham beriladi;
Barcha tanlov natijalari rasmiy manbalarda e’lon qilinib, jamoatchilikka taqdim etiladi;
Qurilish jarayonida sifat, muddat va mablag‘ sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi;
Fuqarolardan kelayotgan murojaat va takliflar bevosita ko‘rib chiqilib, jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Qurilish sohasida har qanday yashirin kelishuvlar, ortiqcha xarajatlar va noqonuniy manfaatdorlik oxir-oqibat xalqimiz farovonligiga putur yetkazadi. Shu sababdan, Sizlarni ham qurilish jarayonlarida ochiqlikni ta’minlash, halollik tamoyillariga amal qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chaqiraman.
Barchamizning umumiy maqsadimiz – Sayxunobod tumanini obod, zamonaviy va korrupsiyadan xoli hududga aylantirishdir.
Hurmat bilan
Sayxunobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Tavbayev Jo‘ramurod
