"Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida Sayxunobod tumanida press-tur o'tkazildi
2025-07-17 11:05:00 / Yangiliklar

Sayxunobod tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyilini amalda joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida jurnalistlar tuman davlat soliq inspeksiyasi faoliyati, soliq to‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar, elektron xizmatlar ko‘lami va sifati bilan tanishdilar. Shuningdek, ular bir qator tadbirkorlik sub’yektlariga tashrif buyurib, soliqchilar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirkorlar soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va maslahatlar uchun minnatdorlik bildirdilar. Ularning ta’kidlashicha, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyilining joriy etilishi tadbirkorlik muhitini yaxshilash, biznes yuritishni soddalashtirish va soliq to‘lovlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Press-tur yakunida soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, soliq qonunchiligini takomillashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.





