IMO–2026: Sayxunobodlik o‘quvchi xalqaro olimpiadada bronza medalni qo‘lga kiritdi!
2026-07-20 11:30:00 / Yangiliklar

Xitoyda bo‘lib o‘tgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO–2026)da O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Sayxunobodlik Azizbek Mamajonov yuksak natija qayd etib, bronza medal sohibiga aylandi.
Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali o‘quvchisi bo‘lib, ushbu nufuzli xalqaro olimpiadadagi muvaffaqiyati bilan Sirdaryo viloyati sharafini munosib himoya qildi.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq:
🔹 O‘quvchiga — 412 million so‘m,
🔹 Ustoziga — 61,8 million so‘m pul mukofoti beriladi.
📈 Shuningdek, ustozining malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.
Ushbu yuksak natija Sayxunobod yoshlarining ilm-fan yo‘lidagi salohiyati, bilimga bo‘lgan intilishi hamda mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir.
👏 Azizbek Mamajonovni, uning ustozlari va ota-onasini ushbu tarixiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Sayxunobod yoshlari xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda davom etmoqda.
