Sayxunobod tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-22 12:05:00 / Yangiliklar

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni joyida hal etish maqsadida tuman hokimining ananaga aylangan juma kungi shaxsiy sayyor qabuli o'tkazildi.
Mazkur qabulda Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov shaxsan ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbatda bo‘ldi. Qabul davomida fuqarolardan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer ajratilishi kabi yo‘nalishlarda ko‘plab murojaatlar tinglandi.
Fuqarolarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqilib, ularni joyida o‘rganish va tezkor yechim topish choralari belgilandi. Muammolarni hal etishda tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtiroki ta’minlanib, ayrim murojaatlar yuzasidan joyning o‘zida ijobiy yechimlar topildi.


