Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Payshanba yoshlar” kuni doirasida otaliqqa olingan hamda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
2026-03-26 10:30:00 / Yangiliklar

Navbatdagi ana shunday uchrashuv Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tdi (https://t.me/SirdaryoviloyatIIB/21236).
Mazkur uchrashuvda tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, viloyatdan biriktirilgan mas’ul xodimlar hamda 58 nafardan ortiq otaliqqa olingan va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Bevosita ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar davomida boshqarma boshlig‘i yoshlarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammo hamda murojaatlarini tingladi. Uchrashuv jarayonida yoshlar tomonidan jami 10 ta murojaat kelib tushdi. Jumladan, yoshlar axborot texnologiyalari sohasida o‘qish, parrandachilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, doimiy ish bilan ta’minlanish kabi masalalarda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilishdi.
Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.Ba’zi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Yana ayrim murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish maqsadida mas’ullar va ijro muddatlari belgilanib ,ularning ijrosi shaxsan boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.
Qayd etish kerakki “Payshanba yoshlar” kuni doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘lmoqda.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining otaliqqa olingan va uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlari hududlarda davom etmoqda.







