Sintob mahallasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-03-27 14:10:00 / Yangiliklar

Sayxunobod tumani Sintob mahallasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tuman hokimi Komiljon Mullajonov, tuman prokurori B.Kurbanov, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari R.Ummatqulov hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari A.Mavlonov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi kundagi dolzarb muammolari, ularning orzu-intilishlari va kelgusidagi rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, imtiyozli kreditlar ajratish hamda kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va taklif mutasaddilar tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayniqsa, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida muhim tashabbuslar ilgari surildi.






