"Korrupsiya — taraqqiyot dushmani" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-10-29 12:30:00 / Yangiliklar
"Korrupsiya — taraqqiyot dushmani" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Sardoba politexnikumida tuman prokuraturasi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida "Korrupsiya — taraqqiyot dushmani" mavzusida yoshlar bilan amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri va oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida yoshlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolar va takliflar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.






