Sardoba tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-10-07 15:30:00 / Yangiliklar

Sardoba tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Ziyadulla Karimov, hokimlik apparati xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilotlar vakillari, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari muhokama qilinib, bu illatga qarshi kurashishda fuqarolarning faolligi muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida mas’ul rahbarlarga korrupsiyaga qarshi samarali choralarni amalga oshirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.





