“Sardoba Universal Cluster” MChJ faoliyati va hududiy rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishuv
2025-08-18 15:40:00 / Yangiliklar

Tashkil etilgan press-tur doirasida Sardoba tumanida amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Ana shunday sanoat loyihalaridan biri 2020-yilda tashkil etilgan “Sardoba Universal Cluster” MChJ bo'lib, bugungi kunda umumiy qiymati 50 million dollardan ziyod bo‘lgan 5 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Sanoat kompleksda kuniga 8 tonna tola, 5 tonna mato ishlab chiqarish va bo‘yash quvvatlari mavjud. Loyiha to‘liq ishga tushgach, 1400 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Texnologiyalar Xitoylik mutaxassislar tomonidan o‘rnatilmoqda.
Bugungi kunda klasterda 1000 nafardan ziyod mahalliy aholi band bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
“Sardoba” brendi ostida toza ichimlik suvi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 7500 tonna suv qadoqlanmoqda.







