Sardoba tumani hokimining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2026-10-23 14:00:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida "Qo'rg'ontepa" mahallasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar belgilandi.
Qabul jarayonida ijtimoiy, kommunal, bandlik, moddiy yordam hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 30 dan ortiqa murojaatlar tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, har bir murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosi ta’minlanishi alohida belgilab qo‘yildi.









