YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: TAKLIF VA TASHABBUSLAR E’TIBORDA
2026-10-22 15:55:00 / Yangiliklar
Sardoba tumanida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda.
Bugun, haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida "Do‘stlik" mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslar, shuningdek, "Start-up" loyihalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
