“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: SHAXMAT VA SHASHKA MUSOBAQALARINING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI
2026-10-22 11:55:00 / Yangiliklar

Sardoba tumanida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tuman bosqichi yakunlandi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining aqliy salohiyati, strategik fikrlashi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini namoyon etdilar. Har bir yurish va qaror muhim ahamiyat kasb etgan musobaqalarda o‘quvchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, munosib natijalarni qayd etdilar.
♟ SHASHKA SPORT TURI BO‘YICHA YAKUNIY NATIJALAR
5–11-sinf o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 5-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 18-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 6-maktab va 22-maktab jamoalari
5–11-sinf qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 18-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 4-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 11-maktab va 6-maktab jamoalari
♟ SHAXMAT SPORT TURI BO‘YICHA YAKUNIY NATIJALAR
1–4-sinf o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 17-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 4-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 12-maktab va 16-maktab jamoalari
1–4-sinf qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 17-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 5-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 16-maktab va 7-maktab jamoalari
5–11-sinf o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 8-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 5-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 4-maktab va 22-maktab jamoalari
5–11-sinf qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 21-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 14-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 15-maktab va 12-maktab jamoalari
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan maktab jamoalari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularda sabr-toqat, qat’iyat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.





