“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA “QUVNOQ STARTLAR” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI
2026-10-20 10:50:00 / Yangiliklar

Sardoba tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarining “Quvnoq startlar” turi bo‘yicha tuman bosqichi yuqori ko‘tarinkilik va murosasiz bellashuvlar ruhida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligi, chaqqonligi va tezkorligini oshirishdan iborat.
Bellashuvlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlarining epchilligi, zukkoligi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Turli shart va topshiriqlar orqali kechgan musobaqalar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Ayniqsa, yosh sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi, o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashi va faol ishtiroki musobaqaga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Musobaqaning 1–2-sinflar o‘rtasidagi yakuniy natijalari:
🥇 1-o‘rin — 9-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 4-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 6-maktab va 18-maktab jamoalari
3–4-sinflar o‘rtasidagi yakuniy natijalar:
🥇 1-o‘rin — 4-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 13-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 6-maktab va 14-maktab jamoalari
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘z mahorati va jamoaviy harakati bilan yuqori natijalarga erishgan maktab jamoalari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.






