VII chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-10-14 14:25:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibida 14 ta masala ko'rilib, kun tartibiga qo‘yilgan qaror loyihasi deputatlar orasida keng muhokamalar va munozaralar asosida qabul qilindi va tasdiqlandi
1). Sardoba tumani hududida 2026 yilning 9 oyi davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tumani prokurori R.Norbayev axboroti.
2). Sardoba tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Sanayevning 2026-yilning
III-choragi davomida tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida.
3). Tuman Davlat soliq organi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish.
4). Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
5). Sardoba tuman mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining 2026-yil yarim yillik ijrosi to‘g‘risida.
6). Sardoba tuman mahalliy budjetining 2026-yil II-chorak daromadlar rejasining ortirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
7). “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
8). “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
9). Tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobotini eshitish.
10). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtishtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida
2026-yilning III-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
11). Tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Sardoba tumani bo‘limi boshlig‘ining hisobotini eshitish.
12). Sardoba tuman yoshlar jamg‘armasi manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
13). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi
KQ-35-V-son qarorida belgilangan vazifalarning Sardoba tumanida amalga oshirilishi hamda deputat so‘rovlarining ko‘rib chiqilishi va natijadorligi to‘g‘risida.
14). Sardoba tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash to‘g‘risida.
Sessiya ishi tuman hokimligining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatildi.









