Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot: muammo va takliflar tinglandi
2026-09-10 10:35:00 / Yangiliklar

Sardoba tumanida "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Bugun Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov migratsiyadagi yoshlar bilan navbatdagi onlayn ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan ochiq muloqotda yoshlar o‘z dardini, niyatini, taklifini bemalol bayon qilishdi.
Muloqot jarayonida ishtirokchi yoshlar ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, huquqiy maslahatlar olish hamda ijtimoiy moslashuv bo‘yicha o‘z fikr va muammolarini ochiq bayon etdilar.
Ayniqsa, o'qiyotgan va xorijda ish faoliyatini davom ettirayotgan yoshlarga qulay imkoniyatlar yaratish bo‘yicha bildirgan takliflar alohida e’tiborga olindi.








