Aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — e’tibor markazida
2026-09-11 14:35:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov Birlik mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlaridagi holatni o‘rgandi.
Tashrif davomida fuqarolar bilan bevosita suhbatlashilib, ularning doimiy ish bilan ta’minlanishi, barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishi, tadbirkorlik va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Har bir xonadonning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.







