Sardoba tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablarida "Bilimlar kuni" ko‘tarinki ruhda nishonlandi
2026-09-02 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun, tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Bilimlar kuni" keng nishonlandi. O‘tkazilgan tadbirlarda tuman hokimi, hokimlik, tashkilot va muassasa rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Joriy o‘quv yilida umumta’lim maskanlariga 1 470 nafar o‘quvchilar qabul qilingan bo‘lib, ularning barchasiga Prezident sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Tuman hokimi Ziyadulla Karimov 12-maktabda tashkil etilgan ana shu tadbirlarning birida ishtirok etib, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Shuningdek an’anaga ko‘ra, tuman hokim tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi va bilimga chorlovchi she’r hamda kuy-qo‘shiqlardan iborat badiiy dastur namoyish etildi.









