Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-19 13:15:00 / Yangiliklar

Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda o‘z murojaatlari bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabul davomida ularning muammo va takliflari batafsil tinglanib, har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yer maydoni ajratish hamda boshqa ijtimoiy va huquqiy masalalar yuzasidan jami 5 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyati qabulning o‘zida tegishli mutasaddilar ishtirokida ijobiy hal etildi hamda fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.









