Sirdaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi sayyor yig‘ilishi Sardoba tumanida o‘tkazildi
2026-08-13 09:15:00 / Yangiliklar

Ushbu yig‘ilishda, hududiy Kengash a’zolari tomonidan tumanda korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish, hududda unga nisbatan murosasiz muhit yaratish maqsadida barcha soha va tarmoqlarni qamrab oluvchi “Yo‘l xarita”ning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, mutasaddi idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish davomida, tuman maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, soliq, energetika hamda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq maishiy korrupsiya holatlari ko‘p uchraydigan sohalar birma-bir tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va ko‘rsatmalar berildi.









