Sardobada “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
2026-07-24 13:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirovning Sardoba tumanida 200 ga yaqin yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati, xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida texnik va amaliy sport turlarini keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida ishtirokchilar uchun “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv avtomobillari, texnik vositalari hamda sport seksiyalari faoliyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javoblar berildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash, ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun muhim maydonga aylandi.








