Sardoba qovunlari xorij bozorlarida xaridorgir!
2026-07-10 15:00:00 / Yangiliklar

Hisobot davrida Sardoba tumanida yetishtirilgan 920,6 tonna qovun xorijiy davlatlarga eksport qilinib, eksport hajmi 402,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
Mahsulotlar quyidagi davlatlarga eksport qilindi:
➖Rossiya Federatsiyasi – 418,87 tonna (183,18 ming AQSH dollari), umumiy eksportning 45,5 foizi;
➖ Qirgʻiziston – 215,42 tonna (94,21 ming AQSH dollari), 23,4 foiz;
➖Germaniya – 110,47 tonna (48,31 ming AQSH dollari), 12 foiz;
➖ Ukraina – 94,82 tonna (41,47 ming AQSH dollari), 10,3 foiz;
➖ Latviya – 81,01 tonna (35,43 ming AQSH dollari), 8,8 foizni tashkil etdi.
Mazkur natijalar Sardoba tumanida yetishtirilayotgan qovun mahsulotlariga xalqaro bozorlarda talab yuqori ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Eksportning tobora kengayib borayotgani esa mahalliy dehqon va tadbirkorlarning mehnati samarasi hamda yurtimiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqlaydi.






