Navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
2026-07-08 11:50:00 / Yangiliklar
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi

Bugun Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tuman Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda bir guruh fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan elektr masalasi, moddiy yordam, ichki yo'l ta'miri, tadbirkorlik uchun yer ajratish kabi masalalar yuzasidan jami 5 ta murojaat kelib tushdi.
Muammolarning aksariyatiga qabul chog‘ida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, nazoratga olindi






