Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning ustuvor vazifamiz!
2026-06-05 15:00:00 / Yangiliklar

Sardoba tumani hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi qat'iy kurashamiz” mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari, mas'ul xodimlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga, iqtisodiy taraqqiyotga va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta'siri alohida ta'kidlanib, unga qarshi kurashishda davlat organlari, jamoatchilik va har bir fuqaroning hamkorligi muhim omil ekani qayd etildi.









