Sardoba tumanida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-05-26 10:50:00 / Yangiliklar

Sardoba tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mas'ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi qat'iy kurashamiz” mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillardan biri ekanligini ta'kidlab, unga qarshi kurashishda har bir rahbar va xodimning mas'uliyati muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar. Shuningdek, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolarga sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tashkilotlarda ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.



