Imkoniyat bor joyda — natija bor!
2026-06-04 14:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuvdan so'ng tuman hokimi Ziyadulla Karimov “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m ssuda mablag‘lari evaziga ochilgan zamonaviy “Humo” o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur o‘quv markazi mahalla yoshlarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Markazda yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli fanlar va xorijiy tillar oid o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Tuman hokimi markazda yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirar ekan, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, markaz mutasaddilari bilan suhbat davomida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, yoshlarni keng qamrab olish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.









