Sardoba tumanida Qurbon hayiti bayramini tinch va xavfsiz muhitda o‘tkazishni ta’minlash maqsadida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
2026-05-26 18:10:00 / Yangiliklar
Xizmat oldi yo'riqnoma berildi

Yo‘riqnoma jarayonida Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Sanayev tomonidan bayram kunlari jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish hamda favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, barcha mas’ul xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, hushyorlikni yanada oshirish hamda aholining osoyishtaligini ta’minlash borasida aniq topshiriqlar yuklatildi.






