Sardoba tumani aholisi diqqatiga!
2026-06-02 18:40:00 / Yangiliklar
Sardoba tumani aholisi diqqatiga!

Ertaga 3-iyun kuni soat 9:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasida Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida fuqarolar qabuli bo'lib o'tadi.
Qabul jarayonida tegishli soha va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi. Fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va muammolari bilan bevosita tuman hokimi va tegishli soha tashkilot rahbarlariga murojaat qilishlari mumkin.
📌 Eslatma: Qabulga o'zingizni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz tavsiya etiladi.
📍Manzil: Sardoba tumani Xalq qabulxonasi binosi (Davlat xizmatlar markazi binosi 1-qavati)
