“Clean games – toza o‘yinlar”
2026-04-26 14:20:00 / Yangiliklar
“Clean games – toza o‘yinlar”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonlariga keng jalb etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalari hamda “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Sardoba tumanidagi Do'stlik mahallasi hududida “Clean games – toza o‘yinlar” ekologik aksiyasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir jamoaviy musobaqa shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar tomonidan chiqindilarni yig‘ish va saralash, eko-kvest topshiriqlarini bajarish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.




