Sardoba tumanida “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 14:25:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlov Sardoba tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilib, unda umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yosh iste’dodlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy chiqishlari orqali musiqa va sahna madaniyatidagi mahoratlarini namoyish etib, hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdilar.
Yakuni bo‘yicha:
1-o‘rin — 16-umumta’lim maktabining “Iqtidor ansambli” jamoasi
2-o‘rin — 4-umumta’lim maktabining “Umid g‘unchalari” jamoasi
3-o‘rin — 6-umumta’lim maktabining “Tumor” jamoasi hamda 2-umumta’lim maktabining “Iqtidor ansambli” jamoalari qo‘lga kiritdilar.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi bosqichlarda ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz!





