VII chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-04-21 16:55:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibida 8 ta masala ko'rib chiqilib, tasdiqlandi.
1). Sardoba prokurori, adliya maslahatchisi R.Norbayevning 2026-yil
1-chorak davomida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyat to‘g‘risidagi axboroti
2). Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish shuningdek, jamoat xavfsizligi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.
3). Tuman Davlat soliq organi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan Tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari O.Ikromovning hisoboti.
4). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomadagi 5-yo‘nalishi, “Ekologik muvozanatni ta’minlash” borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sardoba tumani Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i D.Egamberdiyevning hisoboti.
5). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi
PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida tuman ”Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Bo‘ronovning hisoboti.
6). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman ”Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Bo‘ronovning hisoboti.
7). Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi qarorlarining bajarilishi hamda deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari yuzasidan 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
8). Sardoba tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
Sessiya ishi tuman hokimligining Instagram (https://www.instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatildi.









