Sog‘lom turmush – farovon hayot poydevori!
2026-04-14 11:30:00 / Yangiliklar

Sardoba tuman 1-son texnikumida o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoada sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri davomida ishtirokchilar turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviylik, hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga erishdilar. Musobaqalar jarayoni qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, har bir qatnashchi o‘zining faolligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etdi.
Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar munosib taqdirlanib, barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.





