Sardoba tumanida pilla mavsumi boshlandi
2026-04-13 10:25:00 / Yangiliklar
Sardoba tumanida pilla mavsumi boshlandi

Bugun Sardoba tumanida ipakchilik mavsumining muhim bosqichi — fermerlarga pilla urug‘larini tarqatish jarayoni tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman hokimi Ziyadulla Karimov, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tajiboyeva hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
An’anaga muvofiq, dastlab nuroniylar tomonidan duo qilinib, mavsumga fayzu baraka tilandi. Shundan so‘ng fermerlarga pilla urug‘larini tarqatish ishlari boshlandi.
Mazkur jarayon tumanimizda ipakchilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha fermerlarimizga ushbu mavsumda omad, mo‘l hosil va baraka tilaymiz!






