Yoshlar kuni munosabati bilan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-04-09 11:15:00 / Yangiliklar

Yurtboshimiz tomonidan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish hamda ularning muammo va takliflarini atroflicha o‘rganish maqsadida Sardoba tumanida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Xususan, Sardoba tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan "Sardoba universal cluster" MCHJda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda otaliqqa olingan yoshlar, ishsiz fuqarolar, IIB organlari nazoratida turadigan shaxslar,shuningdek, aliment majburiyatiga ega fuqarolar hamda "Dual ta'lim" asosida mehnat faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 1-sonli texnikom o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga shu korxonada yaratilayotgan ish o'rinlari va sharoitlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Ahamyatlisi, ish bilan ta'minlanish istagini bildirgan fuqarolar shu joyning o'zida tegishli hujjatlarni topshirib, mavjud bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashish uchun daslabki bosqichdan o'tish imkoniga ega bo'ldilar.







