Yoshlar kuni: sportchilar bilan ochiq muloqot
2026-04-09 11:05:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni: sportchilar bilan ochiq muloqot

Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida tuman sport maktabi sportchilari hamda murabbiylari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini munosib rag‘batlantirish, shuningdek, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Sportchilar va murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolar bilan bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi. Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning sportdagi muvaffaqiyatlarini oshirish yo‘lida ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.




