Ravot mahallasida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda!
2026-04-07 11:00:00 / Yangiliklar

2026-yil xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturi doirasida Ravot MFY hududida “Kefayat Group” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 10 mln AQSH dollarlik parrandachilik kompleksi tashkil etish loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida yiliga 10 mln dona urug‘lantirilgan tuxum yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada yiliga 4 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshiriladi.
Loyihada zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilib, asbob-uskunalar Xitoy davlatidan olib kelingan, naslli jo‘jalar esa Gollandiya davlatidan keltiriladi. Bu esa mahsulot sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida hududda 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholi bandligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Mazkur loyiha hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

