SARDOBA SPORTCHILARI – OSIYO MAYDONIDA!
2026-04-06 10:55:00 / Yangiliklar
SARDOBA SPORTCHILARI – OSIYO MAYDONIDA!

Sardoba tumani sport maktabi o‘quvchilari O‘zbek jang san’ati (Jang san’ati) sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini himoya qilishdi!
3–6-aprel kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan nufuzli Osiyo “Jang san’ati” chempionatida yosh sportchilarimiz o‘z mahorati, matonati va kuchini namoyish etdilar.
Musobaqada Sardoba tumani sport maktabi vakillari turli vazn va yosh toifalarida bellashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Bu natijalar – murabbiylar mehnati va
sportchilarimizning tinimsiz mashg‘ulotlari samarasi hisoblanadi.
Yoshlarimizning xalqaro maydondagi bu yutuqlari kelajakda yanada ulkan zafarlar sari mustahkam qadamdir!


