ALIMENT PULINI TO‘LAGAN FUQARO YUQORI INSTANSIYA QARORIGA ASOSAN SUD ZALIDAN OZOD QILINDI.
2026-03-30 14:15:00 / Yangiliklar

Xususan: Sirdaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlisi o‘z binosida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 prim 4-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan huquqbuzar X.A ga oid yuritilgan ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishda huquqbuzar X.Aga fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 2025 yil 30 iyuldagi sud buyrug‘iga ko‘ra, jabrlanuvchi X.S ning foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun farzandlari voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment pullarini to‘lab borish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa-da, undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasdan, ya’ni 2025 yilning avgust oyidan 2026 yilning fevral oyiga qadar jami 8.991.944 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani yuzasidan tuman sudining qarori bilan davlat daromadiga 927.000 so‘m qamoq xarajatlari undirish hamda jabrlanuvchi X.S ning foydasiga 8.991.944 so‘m aliment pullari undirish belgilangan.
Apellyasiya instansiyasi sudi, huquqbuzar X.A yetkazilgan 8.991.944 so‘m alimentni to‘liq qoplaganligini inobatga olib sud zalidan ozod qilingan.
Sirdaryo viloyat sudining sudyasi
Djumayev O‘tkirjon
