“Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-03-26 13:10:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi

Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov boshchiligida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani "Doʻstlik" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.






