Qabristonlar obodonlashtirilmoqda
2026-03-14 19:15:00 / Yangiliklar

Yurtimizda aziz ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bilan yondashish, ularning barakotli hayot yo'llarini qadrlash azaldan yaxshi an'ana bo‘lib kelgan. Bugun boshlangan umumxalq hayriya hashari doirasida Sardoba tumanida qabristonlarni obodonlashtirish, ularni ozoda va fayzli holga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, "Qoʻrgʻontepa" qabristonida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari orqali qabriston atrofidagi begona o‘tlardan tozalanmoqda, yaroqsiz holga kelgan panjaralar yangilanib, kirish yo‘laklari tekislandi.
Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ushbu ezgu ishda faol qatnashmoqda. Zero, ajdodlarimizga hurmat — bu o‘zligimizga, tariximizga bo‘lgan hurmatdir.
Hududlarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda




