Sardoba tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-02-17 15:45:00 / Yangiliklar

Sardoba tumani hokimligi apparat xodimlari ishtirokida, tuman hokimi boshchiligida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini vijdonan va halol bajarish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlab o‘tildiki, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat xizmatchisining ustuvor vazifasi bo‘lib, bu borada murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda aholining murojaatlari bilan ishlashda adolat va xolislik tamoyillariga amal qilish zarur.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, tizimli nazoratni kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shu o'rinda, Sardoba tumani hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiq qolgan holda faoliyat olib borishini ma’lum qiladi.


